Krasnodarda o’qish haqida

Salom! Biz — Nigina va Regina. 2007 yilda kollejni bitirib, biz RDGU ning ekologiya fakulteti talabalari bo’ldik va o’zimiz uchun ajoyib shahar — Sankt Peterburgni kashv qildik! Endi esa bizga o’zgacha ko’ringan boshqa bir shaharni — Krasnodarni o’rganamiz. Krasnodar — bu Qora dengiz yaqinida (elektrichkada 2 soat) joylashgan Rossiya janubidagi shahar. Bu tez o’sayotgan, rivojlanayotgan shahar bo’lib, unda qariyib bir million aholi istiqomat qiladi.
Biz bu yerga sentyabr oyining boshida uchib keldik. Shahar aeroporti katta emas. Сhiqish joyida sizni shu zahoti taksichilar qarshi olishadi ular bilan savdolashish mumkin va hatto kerak. Shahargacha jamoat transportida ham yetib olsa bo’ladi (chipta narxi 30 rubl). Biz taksini tanladik va 250 rubl evaziga bizni tayinlangan joyga oborib qo’yishdi. Ko’zga birinchi ko’rinadigan narsa – hamma yoqqa yoyilgan yashil xiyobonlar. Krasnodar nimasi bilandir bizning quyoshli Toshkentimizni eslatadi, u faqatgina Qora dengiz bo’yida joylashganligi bilan farq qiladi.

Biz Kuban davlat universiteti magistraturasiga o’qishga kirdik – bu Rossiya janubidagi eng qadimiy va yirik oliy o’quv yurtidir. 2021 yilda Forbes jurnaliga ko’ra, universitet Rossiyaning eng yaxshi oliy o’quv yurtlar yuzligidan o’rin oldi.

Universitetda bizga, ayniqsa, turli xildagi infratuzilma yoqdi. Yotoqxona, ulkan universitet stadioni, kafe, park, kutubxona, basseyn, Karasun ko’llari va hokazolar piyoda yurish masofasida joylashgan.
Boshqa ko’pgina oliy o’quv yurtlari kabi bu yerda ham o’qish sentyabrni birinchi sanalarida boshlanadi. Universitet hududi katta. Hammasi puxta o’ylangan. Barcha binolarda ko’cha tomondan alohida kirish joylari mavjud. Bizning iqtisodiyot fakultetimizning yuragi ikkinchi qavatda joylashgan. Bu yerda biz barcha o’quv masalalari bo’yicha dekanatga murojaat qilamiz. Fakultetdagi darslar ma’ruza- amaliyot tamoyili bo’yicha tuzilgan. Bizning guruhimizda 22 talaba bor. O'qituvchilar tarkibi va dars berish haqida birinchi taassurot - ajoyib!

Kelganimizdan keyin biz migratsion karta muddatini uzaytirdik, registratsiya va sug'urta polisini rasmiylashtirdik. Yotoqxonada turar joy haqi - 10 oy uchun 10500. Yilning 2 oyi ta’til uchun mo’ljallangan: talaba uyiga ketishi yoki 2 oy uchun pul to’lab yotoqxonada yashashini davom ettirishi mumkin. Yotoqxonada joy olish uchun biz hujjatlar paketini to'pladik va ularni profkomga berdik.

Undan keyin tibbiy ko'rikdan o'tish, bir nechta imzo yig'ish, turar joy uchun bankga to'lov o'tkazish, 3х4 rasmga tushish va bularni hammasini yotoqxona komendantiga taqdim etish lozim edi.
Natijada bizga 7-chi qavatdagi balkonli ikki kishilik xonani taqdim etishdi. Butun qavat bloklarga bo'lingan, bloklar esa o'g'il bolalar va qiz bolalar xonalariga bo'lingan. Har bir blok uchun bir oshxona, dushxona va xojatxona ajratilgan. Har kuni umumiy foydalanishdagi joylarda pol yuviladi, xonani esa biz o’zimiz tozalaymiz. Rektorning buyrug’iga binoan tozalanmagan xona uchun talabani yotoqxonadan chiqarib yuborishadi.

Yashash uchun barcha kerakli narsalar: to’shak choyshablari, yostiqlar, adyollar, pardalar, matras – yotoqxona tomonidan ta'minlanadi.

Talaba uchun Krasnodar bo’yicha tramvayda harakatlanish eng qulay yo’l. Shaharda metro yo’q va yer osti suv manbalari sababli uni qurilishi rejalashtirilmagan. Talabalik guvohnomasi bilan biz o’zimizga 1050 rublga 75 ta sayohatga mo'ljallangan imtiyozli transportda yurish kartochkasini rasmiylashtirdik. Sankt-Peterburgdagi transportda yurish kartochkasi bilan taqqoslaganda, kartada qolib ketgan sayohatlar saqlab qolinadi va keyingi oyga o’tkaziladi.
Hayratga solgan narsalar:

1. Agar Sankt-Peterburg – bu mushuklar poytaxti bo’lsa, Krasnodar shubhasiz itlar poytaxtidir. Bu yerda ular juda ko’p. Biz bunga dastlabki kunlardan e’tibor berdik. Masalan, universitet hududida biz 10 ta itni sanab chiqdik.

2. Krasnodar shahrining barcha tumanlarida mazali va arzon ovqatlanish mumkin.

3. Krasnodarda noyob va dunyodagi eng yaxshi futbol stadionlardan biri bo’lgan “Krasnodar” joylashgan. U bizning universitetimizdan atigi 2 kilometr masofada joylashgan.

4.Supermarketlardagi mahalliy mahsulotlar narxi Rossiyaning boshqa hududlaridan olib kelingan mahsulotlarga qaraganda arzonroq.

5.Yog’ingarchilik kunlarida jala yoqqanda shahar ko’chalarini suv bosishi mumkin. Shu sababli gohida transport harakatlanishi to’xtab qoladi.

6. Krasnodar o’lkasi Rossiya turizmining markazi hisoblanadi. Dam olish kunlarida shahar markazida vaqtni ajoyib tarzda o’tkazsa bo’ladi – masalan Galiskiy parkida yoki eng yaqin joylashgan “Горячий ключ” kurort shahrida.
Maslahat oling
Arizangizni qoldiring va sizga yordam berish uchun siz bilan bog'lanamiz
Maslahat oling
Arizangizni qoldiring va sizga yordam berish uchun siz bilan bog'lanamiz
Maslahat oling
Arizangizni qoldiring va sizga yordam berish uchun siz bilan bog'lanamiz
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
2022 © ООО "Юнион Стади". Все права защищены. info@unstudy.ru
Политика конфиденциальности